10:30 / 01.11.2017
3933

Fransiya 2 yil avval joriy etilgan favqulodda holat rejimini bekor qilmoqda

Foto: Reuters

Fransiya ikki yil avval teraktlar tufayli joriy etilgan favqulodda holat rejimini bekor qilmoqda. Bu haqda mamlakat prezidenti Emmanuel Makron tvitterdagi sahifasida xabar bergan.

«Fransiya favqulodda holat tartibini ertaga, 1 noyabr kuni bekor qiladi», - deya yozgan davlat rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat oddiy qonunchilik doirasida terrorizm bilan kurash olib boradi hamda teraktlarning oldini oladi.

Top