Qashqadaryoda fuqaro elektr korxonasi nazoratchisi bo‘lgan ayolni do‘pposladi
Bugun hayotimizni elektr energiyasi yoki tabiiy gazsiz tasavvur eta olmaymiz. Uyimizda bir kun chiroq bo‘lmasa yoki gaz uzilib qolgudek bo‘lsa, qanchadan-qancha noqulayliklarga duch kelishimiz barchamizga kundek ravshan. Shu sababli, elektr energiyasi va tabiiy gazni behuda sarflamaslik, to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish xususida muntazam tarzda tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib boriladi.
Maqsad esa turli qing‘irliklarning oldini olish va tabiiy boyliklarimiz behuda sarflanishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. Ammo ba'zi xonadon egalari qonunga xilof ravishda tarmoqqa ulanib, tabiiy boyliklarimizni behudaga sarflayotganlik holatlariga ham duch kelamiz. Bu ishga qo‘l urgan kimsalar, aslida, xatti-harakati bilan jamiyatga zarar keltirayotgani, buning oqibatida kimningdir xonadonida elektr energiyasi yoki tabiiy gaz ta'minotida uzilishlar bo‘layotgani xususida o‘ylab ham ko‘rishmayotgani kishini taajjubga soladi.
“Huquq” gazetasining yozishicha, Qashqadaryo viloyati Koson tumanining “Saripul” MFYda yashovchi Alisher Haydarov ham to‘lovlardan qochish maqsadida xonadonini yashirin ravishda elektr liniyasiga ulab, undan istagancha foydalanib keldi. Gohida uddaburonligidan g‘urur otiga minib, qilmishi fosh bo‘lib qolsa, ortiqcha g‘alvalar girdobiga tushib qolishini xayoliga ham keltirmadi. Biroq uning bu hiylasi tuman elektr korxonasi nazoratchisi G.Negmatovaning e'tiboridan chetda qolmadi.
Nazoratchi kelganida A.Haydarov uyida yo‘q edi. Vazifasi tarmoqqa noqonuniy ulangan xonadonlarni aniqlab, ularni uzish, o‘chirish bo‘lgani bois. G.Negmatova Alisherning xonadonidagi noqonuniy elektr manbaini uzib ketdi. Bu xabarni xotinidan eshitgach, A.Haydarov jahl otiga mindi. Ozgina ichib olgani bois, o‘zini har ishga qodirdek his etib, to‘g‘ri G.Negmatovaning ishxonasiga bordi va uni tashqariga chaqirib oldi. “Sen... nega uyimdagi elektr tokini uzib ketding”, - dedi. Alisher ro‘parasida ayol kishi turganini ham unutib, uni og‘ziga kelgan qo‘pol so‘zlar bilan haqoratlay boshladi.
- Mast ekansiz, ertaga keling, gaplashamiz, - G.Negmatova atrofdagilardan uyalib, yigitni murosaga keltirmoqchi bo‘ldi. Lekin u gapga ko‘nadigan ahvolda emasdi. Nazarida nazoratchi uyidagi simni qasddan uzib ketgandek tuyulib, ko‘zlari qonga to‘la boshladi. O‘zini idora qila olmay, oyoq kiyimini yechib, u bilan ayolning boshiga tushirdi. Keyin esa kutilmaganda unga tashlanib, tepkilay boshladi. Atrofdagi odamlar o‘rtaga tushib ularni ajratishmaganida, G.Negmatovaning ahvoli ne kechishini tasavvur etib bo‘lmas edi.
Bo‘lib o‘tgan voqeadan so‘ng G.Negmatova shifoxonada davolanib chiqishga majbur bo‘ldi. Buni qarangki, kuchi ayol kishiga yetib, nomardlik yo‘lini tutgan yigit jabrlanuvchining holidan xabar olish va hatto unga yetkazilgan zararni qoplashni ham istamadi.
Ish sudga oshdi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Koson tumani sudi tomonidan Alisher Haydarovga ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2 yil muddatga axloq tuzatish ishi jazosi tayinlandi.
Tavsiya etamiz
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
Siyosat va futbol: to‘p yana Trampda
Jahon | 21:48 / 14.03.2025
Toshkentda bitta xonadon narxi necha yillik ijara haqiga teng?
O‘zbekiston | 20:15 / 14.03.2025
Toshkentda popkorn sotuvchilarini “panohiga olgan” profilaktika inspektori pora olganlikda ayblandi
Jamiyat | 19:19 / 14.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olishi mumkin - OAV
Jahon | 00:43
-
Shveytsariya 30 mingdan ortiq ukrainalikni qochoq maqomidan mahrum qildi
Jahon | 00:18
-
Toshkentdagi tungi klub oldida fuqarolarni kaltaklagan erkak Qozog‘istonda ushlandi
Jamiyat | 23:57 / 17.03.2025
-
BYD elektromobillarni 5 daqiqada quvvatlash imkonini beradigan yangi tizimni taqdim etdi
Fan-texnika | 23:25 / 17.03.2025
Mavzuga oid

23:40 / 14.03.2025
Qashqadaryoda bosqinchilik bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi

16:41 / 14.03.2025
Qarshi shahri hududi qariyb 2 barobar kengayadi

20:21 / 12.03.2025
Qashqadaryoda 103 tup daraxt noqonuniy kesildi

05:29 / 11.03.2025