Jahon | 16:05 / 01.11.2017
10808
1 daqiqa o‘qiladi

Kseniya Sobchak prezident bo‘lish imkoniyatlarini baholadi

Foto: Kommersant'

Rossiyalik teleboshlovchi Kseniya Sobchak Rossiya prezidenti bo‘lish imkoniyatlarini baholadi. Sobchakning fikricha, uning 2018 yilgi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonish imkoniyati «eng kam darajadan ham past»dir, deb xabar qilmoqda BBC.
 
«Men ushbu saylovlardagi imkoniyatlarimga real qarayman. Men prezident bo‘lish imkoniyatim eng past darajadan ham past ekanini tushunaman. Ammo vaziyatni o‘zgartirib yuborishi mumkin bo‘lgan saylovlar konsepsiyasi bor. Bunga esa misollar ko‘p», — degan teleboshlovchi. 

Sobchak fikriga misol tariqasida Chilidagi referendumni keltirgan. O‘shanda Augusto Pinochet hokimiyatda kuchini yo‘qotgan edi. Uning qayd etishicha, Rossiyadagi prezidentlik saylovlari o‘ziga xos «Putinga ishonch bildirish referendumi bo‘lishini» xohlashini aytdi.

Mavzuga oid

E`lonlar