Mirziyoyev ilmiy-tadqiqot muassasalari infratuzilmasi bo‘yicha qarorni imzoladi

Foto: President.uz
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Qaror bilan fan va innovatsiya sohasida 6 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha 40 dan ziyod tadbirlarni o‘z ichiga olgan 2017-2021 yillarda respublikada ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Iqtidorli yoshlarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga keng jalb qilish uchun zarur sharoitlarni ta'minlash maqsadida, doktoranturada o‘qish uchun maqsadli kvotalarni ajratish amaliyotini joriy qilish choralari nazarda tutilgan, hamda ilmiy kadrlarning akademik mobilligini oshirish va ularning ilmiy yutuqlarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kuchaytirish belgilangan.
Shuningdek, ilmiy faoliyat hamda ta'lim jarayoni integratsiyalashuvini yanada chuqurlashtirish bo‘yicha maqsadli choralarni amalga oshirish, bunda ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy xodim va mutaxassislarini oliy ta'lim muassasalaridagi o‘quv jarayoniga keng jalb qilish, magistrlik dissertatsiyalarining dastlabki himoyasini amaliyot o‘talgan muassasalarda o‘tkazish tartibini joriy etish ko‘zda tutilgan.
Amaliy choralarning yana bir muhim yo‘nalishi, respublika ilmiy muassasalarida olib borilayotgan tadqiqotlar saviyasini yuksaltirishga, ularni xalqaro talablarga ko‘ra ilmiy xalqaro bazalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. Ilmiy-tadqiqot muassasalarida mavjud hamda yangi tuzilayotgan ilmiy laboratoriyalar ilmiy salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida ilmiy-tadqiqot va oliy ta'lim muassasalari tomonidan ilmiy va laboratoriya uskunalaridan birgalikda foydalanish mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari nazarda tutilgan.
Lisenzion kelishuvlar bo‘yicha ilmiy va innovatsion ishlanmalarning tijoratlashuv jarayonlarini faollashtirish maqsadida, ilmiy va innovatsion faoliyatning me'yoriy-huquqiy asoslari va ilmiy-tadqiqot muassasalarining patent-lisenzion faoliyatini takomillashtirish, intellektual mulk obektlariga mualliflik qilishning ta'sirchan tizimini yaratish choralari belgilangan.
Qarorga muvofiq 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab gumanitar va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega ilmiy-tadqiqot muassasalarining bino va inshootlarini saqlash, shuningdek, ularning ayrim toifadagi xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti mablag‘lari hisobidan bazaviy moliyalashtirish asosida amalga oshiriladi.
Mazkur qaror bilan rejalashtirilgan tadbirlar doirasida 30 dan ortiq ilmiy-tadqiqot muassasalarida ta'mirlash-qayta tiklash ishlari, 40 ta ilmiy-tadqiqot muassasasini zamonaviy ilmiy laboratoriyalar, asbob-uskunalar va jihozlar bilan ta'minlash rejalashtirilgan. Bunda, laboratoriyalarni sarflanuvchi materiallar va reaktivlar bilan uzluksiz ta'minlashga sarflanadigan xarajatlar alohida nazarda tutilgan.
Umumiy qiymatda, 2018-2021 yillarda Fanlar akademiyasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Davlat veterinariya qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-tadqiqot muassasalari bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash uchun 116 milliard so‘mdan ziyod, zamonaviy ilmiy va laboratoriya uskunalari bilan jihozlash, zarur materiallar va butlovchi qismlar bilan ta'minlash uchun 32,2 million AQSh dollaridan ortiq mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ertaga 17 mart kuni joylarda 27 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 13:01
-
Chirchiqda ushlangan shaxsning uyidan qariyb 20 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dori topildi
Jamiyat | 12:46
-
Toshkent shahri va Surxondaryo viloyatida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi
Jamiyat | 12:10
-
Emmanuel Makron Yevropaga «yadroviy qalqon» taklif etdi
Jahon | 12:00
Mavzuga oid

13:51 / 28.02.2025
2025 yilda xizmatlar sohasini rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari belgilandi

15:26 / 01.02.2025
Sanepidqo‘m faoliyati tartibi belgilandi

12:22 / 23.12.2024
Kurash trenerlari va hakamlarini xorijiy davlatlarga “eksport” qilish yo‘lga qo‘yiladi

11:18 / 27.11.2024