Olimpiada va Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlariga umrbod oylik to‘lanadi

Foto: Getty Images
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 30 oktabrdagi «Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan O‘zbekiston sportchilari va ularning trenerlarini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi №878-sonli qarori qabul qilindi va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilindi.
Qaror ilovasi bo‘lmish Olimpiada va Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlariga umrbod oylik to‘lovlar to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, umrbod to‘lovlarni olish uchun har yili 1 dekabrga qadar Jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasiga ariza va pasport nusxasini taqdim etadi.
Qo‘mita tomonidan sportchi quyidagi miqdorda umrbod oylik to‘lov to‘lanishi belgilanmoqda:
Oltin medal uchun — eng kam oylik ish haqining 10 barobari miqdorida;
Kumush medal uchun — eng kam oylik ish haqining 5 barobari miqdorida;
Bronza medal uchun — eng kam oylik ish haqining 5 barobari miqdorida;
Sportchi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqsa yoki musobaqada boshqa davlat nomidan ishtirok etsa, butunjahon antidoping tashkiloti (WADA) tomonidan taqiqlangan dori vositalari qo‘llagani aniqlanib, Olimpiada va Paralimpiya g‘olib va sovrindorligidan mahrum etilsa, sud qaroriga muvofiq ozodlikdan mahrum etilsa, vafot etsa umrbod oylik to‘lov to‘xtatiladi.
Qayd etish joizki, sportchi kelgusi Olimpiada va Paralimpiya o‘yinlarida yana g‘olib va sovrindor bo‘lsa, unga umrbod oylik to‘lovlar oshirilgan miqdorda to‘lanadi.
Qaror ilovasi — Yuqori malakali sportchilarni tayyorlagan trenerlarga to‘lanadigan bir martalik pul mukofotlarini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, Olimpiada va Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarni tayyorlagan trenerlar quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi:
Oltin medal — 20.000 AQSh dollari;
Kumush medal — 15.000 AQSh dollari;
Bronza medal uchun — 10.000 AQSh dollari.
Olimpiada o‘yinlari dasturiga kiruvchi sport turlari bo‘yicha Jahon chempionatlarida g‘olib va sovrindor sportchilarni tayyorlagan trenerlar quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi:
Oltin medal — 6.000 AQSh dollari;
Kumush medal — 3.000 AQSh dollari;
Bronza medal uchun — 1.500 AQSh dollari.
Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida g‘olib va sovrindor sportchilarni tayyorlagan trenerlar quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi:
Oltin medal — 2.500 AQSh dollari;
Kumush medal — 1.500 AQSh dollari;
Bronza medal uchun — 1.000 AQSh dollari.
Tavsiya etamiz
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
Siyosat va futbol: to‘p yana Trampda
Jahon | 21:48 / 14.03.2025
Toshkentda bitta xonadon narxi necha yillik ijara haqiga teng?
O‘zbekiston | 20:15 / 14.03.2025
Toshkentda popkorn sotuvchilarini “panohiga olgan” profilaktika inspektori pora olganlikda ayblandi
Jamiyat | 19:19 / 14.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olishi mumkin - OAV
Jahon | 00:43
-
Shveytsariya 30 mingdan ortiq ukrainalikni qochoq maqomidan mahrum qildi
Jahon | 00:18
-
Toshkentdagi tungi klub oldida fuqarolarni kaltaklagan erkak Qozog‘istonda ushlandi
Jamiyat | 23:57 / 17.03.2025
-
BYD elektromobillarni 5 daqiqada quvvatlash imkonini beradigan yangi tizimni taqdim etdi
Fan-texnika | 23:25 / 17.03.2025
Mavzuga oid

20:33 / 13.01.2025
Parij Olimpiadasining ko‘plab medallari nuqsonli bo‘lib chiqdi

14:20 / 21.12.2024
RF atletlariga neytral maqomda OO‘ga yo‘llanma olish uchun ruxsat berildi

20:31 / 20.09.2024
Olimpiya shaharchasi hududida xokkey majmuasi qurilishi mumkin

18:15 / 13.09.2024