AQShda grin-karta dasturini to‘xtatmaslikka qaror qilindi

Foto: AP
Vashington viza lotereyasi dasturini to‘xtatmaydi va unga hech qanday o‘zgartirish kiritmaydi. Bu haqda AQSh davlat departamentida TASS axborot agentligiga ma'lum qilindi.
"Ayni vaqtda "Viza turfaligi lotereya dasturi"ga hech qanday o‘zgartirishlar kiritilmaydi", deyilgan xabarda.
1 noyabrda AQSh prezidenti Donald Tramp Nyu-Yorkda sodir etilgan teraktdan keyin grin-kartani bekor qilish lozimligini aytgan. "Men qadr-qimmatlarga asoslangan tizimni istayman. Biz bunday migratsiyani qo‘llab-quvvatlaymiz, demokratlardan hech qanday boshqa lotereya kerakmas. Biz kuchliroq va aqlliroq bo‘lishimiz lozim", deb yozgan Tramp.
31 oktabrda Nyu-Yorkdagi teraktni amalga oshirgan, kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan Sayfullo Soipov AQShga aynan grin-karta orqali kelgan.
Diversity Immigrant Visa lotereyasi AQSh davlat departamenti tomondan o‘tkazib kelinadi. Har yili AQShga migratsiya darajasi kam bo‘lgan davlatlar fuqarolariga AQShda doimiy yashash huquqini beruvchi 55 mingta lotereya o‘ynaladi. Ta'kidlanishicha, g‘oliblar kompyuter yordamida tasodifiy tanlov yo‘li bilan aniqlanadi.
Tavsiya etamiz
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«BAAda o‘limga hukm qilingan o‘zbekistonliklar jazosini yengillatish borasida harakatlar olib borilyapti» – TIV
Jamiyat | 15:50
-
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15
-
Maskning AQSh hukumatidagi ta’siri tobora kamayib bormoqda
Jahon | 14:42
-
“Hokimning xizmat mashinasi 47 ta qoidabuzarlik sodir etgan” – YHXB Namangan shahar hokimiga javob qaytardi
O‘zbekiston | 14:29
Mavzuga oid

21:10 / 02.04.2025
AQSh sudi Nyu-York meriga ochilgan jinoiy ishni yopdi

23:03 / 11.03.2025
Nyu-Yorkdagi o‘rmon yong‘inlari nima sababdan kelib chiqqani ma’lum bo‘ldi

21:23 / 09.03.2025
Nyu-Yorkda yong‘inlar sabab favqulodda holat rejimi e’lon qilindi

00:47 / 21.09.2023