Yangi rekord. Samarqandda chiroyli avtoraqam 7ta «Matiz» puliga xarid qilindi (foto)
Shu yilning 20 sentabridan birjaning avtoraqam.uzex.uz vebsaytiga sotuv uchun avtotransport vositalarining birinchi toifali davlat raqami belgilari qo‘yilishi boshlangan, turli toifadagi chiroyli avtomobil davlat raqamlari auksion orqali sotilmoqda.
Shu paytgacha bir necha ko‘rinishdan avtomobil raqamlari sotilgani, jumladan auksion orqali sotilgan ayrim 777 raqamlarining AQSh dollar ekvivalentida 10 ming dollardan ham ziyod summaga sotilgani haqida ilgari xabar bergan edik.
Ayni paytda birja savdolari saytidan sotilgan avtoraqamlar haqidagi ma'lumotlar olib tashlangan, biroq saytni kuzatib borayotganlarning ma'lum qilishicha, Samarqand viloyatiga tegishli yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan, savdodagi boshlang‘ich bahosi 100 EKIH — 14.977.500 so‘m bo‘lgan 30 777 AAA avtoraqami kimoshdi savdosida 301 million 654 ming 338 so‘mga sotilgan.
Avtoraqam uchun sarflangan bu pulga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan «Matiz» avtomobilidan 7ta, «Spark»dan 5ta, «Lachetti» avtomobilidan 3ta xarid qilish mumkin,
Samarqand viloyat IIB YHXB KUN.UZ’ga ushbu raqam haqiqatdan ham ushbu summaga sotilganini tasdiqladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlarga ko‘ra, xuddi shunday seriyadagi, Andijon viloyatiga tegishli 60 777 AAA raqami «Damas» avtomobiliga o‘rnatilganini ko‘rish mumkin.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya Ukraina shaharlari bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi
Jahon | 11:20
-
Davlat stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56
-
Guler «Real»ni poygada qoldirdi, «Inter» derbida yirik hisobda yutqazdi. Kun o‘yinlari
Sport | 10:54
-
YouTube'dagi birinchi video 20 yoshga to‘ldi
Jahon | 10:48
Mavzuga oid

23:20 / 22.04.2025
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqandga keldi

19:46 / 22.04.2025
Gurbanguli Berdimuhamedov 23 aprel kuni Samarqandga keladi

10:53 / 22.04.2025
Jomboy tumani FVB boshlig‘i pora bilan ushlandi

17:56 / 18.04.2025