Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple'da ilk bor: iPhone X eksklyuziv ringtonga ega bo‘ldi
Braziliyalik bloger Gilerme Rembo Twitter'da Apple kompaniyasining yangi iPhone X smartfonlari qo‘ng‘irog‘ining musiqasi bilan bo‘lishdi.
Rington "Ko‘zgu" (Reflection) nomini olgan bo‘lib, u kompaniyaning boshqa smartfonlarida bo‘lmaydi. Yangi maxsus rington gardishsiz modelning o‘ziga xosligini yana bir bor tasdiqlaydi.
U qanday jarang sochadi deysizmi? Eshitib ko‘ring.
Kuzatuvchilarning ta'kidlashicha, bu kompaniya smartfoni eksklyuziv rington olgan birinchi holat. Ta'kidlash joizki, iPhone 7, 8 kabi smartfonlar egalari ham o‘z xohishlariga ko‘ra ushbu musiqani internetdan yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
18:17 / 15.12.2025
Apple iPhone’da Face ID’dan voz kechmoqda
20:33 / 14.12.2025
Apple 2026 yilda mahsulotlari narxini oshirishi mumkin
13:12 / 13.12.2025
Apple iOS 26.2 versiyasini chiqardi. Nima yangiliklar bor?
19:24 / 10.12.2025