00:11 / 02.11.2017
13043

FQB: Nyu-Yorkdagi terakt ijrochisi IShID g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlagan

Foto: The New Yorker

Nyu-Yorkda sodir etilgan terakt joyida topilgan xat hujumni sodir etganlikda gumon qilinayotgan Sayfulla Soipov IShID terrorchilik guruhi g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlaganidan darak bermoqda.  

Bu haqda Federal qidiruvlar byurosining Nyu-Yorkdagi bo‘limi boshlig‘i Uilyam Suini matbuot-anjumanda ma'lum qilgan. 

Suinining aytishicha, arab tilida yozilgan maktub matni terorchining IShID mafkurasini qo‘llab-quvvatlaganidan darak bermoqda.

31 oktabrda kunduzi Nyu-Yorkda Soipov pikap mashinasida qasddan piyodalarni bosib ketgan. Oqibatda 8 kishi halok bo‘lgan.  

Mavzu
Nyu-Yorkda terakt

31 oktabr, seshanba kuni Manhettenda yuk mashinasini boshqargan shaxs odamlarni qasddan urib yuborishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, 12 kishi jarohatlandi. Teraktni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxs kelib chiqishiga ko‘ra o‘zbekistonlik Sayfullo Soipov.

Barchasi
Mavzuga oid
Top