Forbes reytingi: Dunyoning eng nufuzli ayollari
Forbes jurnali dunyoning eng nufuzli ayollari reytingini taqdim etdi. Shunisi e'tiborga loyiqki, sobiq AQSh kotibi va prezidentlikka nomzod Hillari Klinton joriy yilda reytingning ikkinchi o‘rnidan 67-o‘rniga tushib, reytingda 65 pog‘ona yo‘qotgan.
Dunyoning eng nufuzli ayoli reytingining birinchi pog‘onasiga yettinchi yil ketma-ket Germaniya kansleri Angela Merkel egalik qilib kelmoqda. Ikkinchi o‘rin siyosatdagi yutuqlari va Brexit jarayoni ortidan nom qozongan Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyga nasib etdi. Uchinchi o‘rinni turmush o‘rtog‘i Bill Geyts bilan birga grantlarga 40 milliard dollardan ziyod pul sarflagan va 100dan ziyod mamlakatlardagi tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlab kelayotgan Melinda Geyts egalladi.
AQSh prezidentining qizi Ivanka Tramp dunyoning eng nufuzli ayollari reytingining 19-pog‘onasida qayd etilgan. Reytingning ilk o‘nligi quyidagi fotogalereyada:

1. Angela Merkel
Yoshi: 63
Faoliyat turi: siyosat, Germaniya kansleri

2. Tereza Mey
Yoshi: 61
Faoliyat turi: siyosat, Buyuk Britaniya bosh vaziri

3. Melinda Geyts
Yoshi: 53
Faoliyat turi: xayriya, Bill va Melinda Geyts fondi

4. Sheril Sendberg
Yoshi: 48
Faoliyat turi: texnologiyalar, Facebook operatsion direktori

5. Meri Barra
Yoshi: 55
Faoliyat turi: avtomobillar, General Motors bosh direktori

6. Syuzen Voyjitski
Yoshi: 49
Faoliyat turi: texnologiyalar, YouTube bosh direktori

7. Ebigeyl Jonson
Yoshi: 55
Faoliyat turi: moliya va sarmoyalar, Fidelity Investments prezidenti

8. Kristin Lagard
Yoshi: 61
Faoliyat turi: iqtisodiyot, XVF boshqaruvchi direktori

9. Ana Patrisiya Botin
Yoshi: 57
Faoliyat turi: moliya va sarmoyalar, Santander guruhi direktorlar kengashi raisi

10. Jinni Rometti
Yoshi: 60
Faoliyat turi: texnologiyalar, IBM bosh direktori
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ozarboyjon Rossiya bilan ziddiyat kuchayishini istamaydi – Erdo‘g‘an
Jahon | 21:41
-
Qidiruv-qutqaruv operatsiyalari uchun kiborg-qo‘ng‘iz yaratildi
Fan-texnika | 20:08
-
Fermerlarni yangi jazo va majburiyatlar kutmoqda. Qonun loyihasi deputatlar bahsiga sabab bo‘ldi
Iqtisodiyot | 19:24
-
Taniqli turk oshpazi Burak O‘zdemir Bektemir Residence’da restoran ochmoqda
O‘zbekiston | 19:00
Mavzuga oid

15:47 / 27.06.2025
Fitch O‘zbekiston suveren reytingini «BB-»dan «BB»ga o‘zgartirdi

10:33 / 23.06.2025
Davlat organlari faolligining milliy reytingi joriy etiladi

15:24 / 18.06.2025
Dunyoning yashash uchun eng qulay shaharlari reytingi e’lon qilindi

21:13 / 17.06.2025