08:37 / 02.11.2017
14987
Reklama

Hi-Tech Bank va biznes: qanday qilib bankni tanlash va pul yo‘qotmaslik kerak?

Foto: Hi-Tech Bank

Hi-Tech Bank XATB yangi tariflar, kichik va o‘rta biznes uchun barcha qulayliklar, shuningdek, zarur bo‘lsa, bankning o‘zi sizning yoningizga tashrif buyurishi haqida o‘rtoqlashdi.

Kimda ham bo‘lmagan: zerikarli va odatiy ish jonga tekkan, ishdagi mavqening o‘sishi qiyin, axir boshliq – tinimsiz topshiriqlar beruvchi direktorning jiyani. Zamonaviy dunyo shuni qayd etadiki, bu holatdan chiqishning birgina yo‘li bor – begona «yaqinlar» qo‘lida ishlashni to‘xtatib, o‘z ishingizni boshlash. 

Go‘yoki, jasoratni yig‘ib, g‘oya o‘ylab, biznes-reja tuzish oson ko‘rinadi. Biroq pulni qayerdan olamiz? Hayolga darhol odamlar gavjum bo‘lgan bank keladi: u yerda uzun navbatlar, mablag‘ni naqd qilish muammosiga duch kelamiz, shuningdek, yangi tadbirkorlar uchun kredit olish esa ushalib bo‘lmas orzudek tuyulaveradi. Qarabsizki, tuzilgan reja ham amalga oshmay qolaveradi, ertasiga esa yana zerikarli ish, badjahl rahbar qarshi oladi...  

Biroq bularning barii boshqacha bo‘lishi mumkin. Bank – bu bo‘lajak tadbirkor uchun eng yaxshi do‘st va hamkordir. Uning eng asosiy vazifasi esa – o‘z sarmoyasini oshirish emas, balki uni o‘z mijozlariga shakllantirish uchun yordam berishdir. Bu yerda mijozning birinchi qo‘ng‘irog‘i yoki tashrifidan tortib, har qanday moliyaviy muammolarini hal etishgacha asosiy e'tibor faqat unga qaratiladi. Kerak bo‘lsa, uch kunda kredit ajratib, buxgalteriya hisobiga huquqiy jihatdan yordam berishadi. Yo‘q, bu hayratlanarli emas, buning bari hozirgi  ilg‘or va texnologik  Hi-Tech Bank’da mujassam.

Ayni damda Hi-Tech Bank boshqa odatiy banklardan nimasi bilan farq qiladi?

1.       Mijozlarning diqqat markazida

Foto: Hi-Tech Bank

Hi-Tech Bank – kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan zamonaviy moliyaviy xizmatlar kompleksi. Kirishda bank xodimasi do‘stona qarshi oladi va mijozni kerakli bo‘linmaga yuboradi. Ortiqcha navbatlar yo‘q – operatorlar tezkorlik bilan ishlaydi va istalgan masala yuzasidan konsultatsiya beradi.  Hisobni qariyb 20 daqiqa ichida ochish imkoni mavjud: shaxsiy menejyer avvaldan qanday hujjatlar keltirishni aytadi va kerakli qog‘ozni o‘zi to‘ldiradi. Qarabsizki, kredit bo‘yicha qaror esa uch kunday tayyor. 

2.       24/7 va qulay ish jadvali

Foto: Hi-Tech Bank

Hi-Tech Bank Call-markazi kecha-yu kunduz ishlaydi. Hozirjavob operatorlar istalgan savollarga javob berishadi va hech bir masala tunda ham, hattoki, bayram kunlarida ham hal etilmay qolmaydi. Bank Toshkentning markazida joylashgan va  9:00dan 18:00gacha tushlik vaqtisiz ishlaydi.

3.       Shaxsiy menejyer va bankning uyga tashrifi

Foto: Hi-Tech Bank

Bank bilan birinchi muloqotdan so‘ng bo‘lajak mijozga shaxsiy menejyer biriktiriladi.  U – Hi-Tech Bank va mijozlar o‘rtasidagi ko‘prik bo‘lib, kerakli ishni tezkorlik bilan bajarishga ko‘maklashadi. Shaxsiy menejyer tushuntiradi, ko‘rsatadi va o‘zi kerakli hujjatlarni to‘ldiradi. Eng muhimi – bankning o‘zi birgina qo‘ng‘iroqdan so‘ng tashrif buyuradi. Aniqrog‘i, endilikda ortiqcha vaqt sarflab, hisob ochtirish, to‘lov o‘tkazish yoki kerakli hujjatni olish uchun  bankga borishning hojati yo‘q. 

4.       Hamkorlik va konsultatsiya

Foto: Hi-Tech Bank

Hi-Tech Bank moliyaviy masalalarni hal etishga yordam beradi. Bank hamkorlari - yuridik va buxgalteriya sohasidagi malakali mutaxassislardir.  Ular kelishilgan narxda ishni qanday boshlash kerakligini o‘rgatishadi, tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazish va buxgalteriya hamda soliqlarni to‘lash masalalarida ko‘maklashishadi. Ya'ni, mijozning biznesi gurkirashi uchun barcha zarur choralarni amalga oshirishadi. Va bu dastlabki bosqichda juda ham muhim. Sababi, siz buxgalter hisobi va yuridik konsultatsiyalar uchun mablag‘ingizni tejab qolasiz.  

Batafsil ma'lumotlar olish yoki Hi-Tech Bank konsultantini chaqirish uchun quyidagi raqamlarga murojaat qiling: (+99871) 150-33-66, (+99871) 150-11-33.

Manzil: T. Shevchenko ko‘chasi, 36a / 36b
Sayt: htb.uz
Telegram: @infohtbuz
Facebook: fb.com/hitechbank
Instagram: @htb.uz

Reklama huquqi asosida. Xizmatlar litsenziyalangan

Mavzuga oid
Top