Jahon | 01:08 / 02.11.2017
14536
2 daqiqa o‘qiladi

Xominaiy: Rossiya va Eronning hamkorligi AQShni yakkalashga yordam beradi

Foto: RIA Novosti

Eronning oliy yetakchisi oyatulloh Ali Xominaiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda Tehron va Moskvaning hamkorligi "AQShni yakkalashini" aytdi. Bu haqda oyatullohning saytida ma'lum qilingan.

"Biz dollardan voz kechib hamda ikki tomonlama va ko‘p tomonlama operatsiyalarda uning o‘rnini milliy valyutalar bilan bosib, AQSh sanksiyalarini qaytara olamiz va AQShni yakkalay olamiz", deb aytgan oyatulloh Putin bilan uchrashuvda. Uning ta'kidlashicha, Putin "kuchli shaxsdir".  

"Shu sababli Rossiya bilan superdavlatdan qat'iyatlik va tirishqoqlik talab etadigan katta harakatlar borasida hamkorlik qilish va buni mantiqan amalga oshirish mumkin", deb qo‘shimcha qilgan Xominaiy.

Putin 1 noyabrda Tehronga tashrifi davomida Xominaiydan tashqari, Eron prezidenti Hasan Ruhoniy va Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan ham uchrashgan. Uchrashuvlar davomida tomonlar energetikaga taalluqli bo‘lgan kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qilishgan.  

Mavzuga oid