Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV 1 noyabrdan internetni tunu kun kuzatishni boshladi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2017 yil 30 oktabrda 882-sonli «O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni qabul qildi.
U IIV Tashkiliy-inspektorlik va axborot-tahliliy bosh boshqarmasining OAV bilan hamkorlik qilish xizmati hamda QR IIV, viloyatlar IIB va Toshkent shahri IIBB matbuot guruhlari negizida tashkil etiladi. Matbuot xizmatini IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi boshqaradi. Boshqarma rahbari IIV rahbarining matbuot kotibi ham hisoblanadi, deb yozadi Norma.uz.
Matbuot xizmati tizimiga: Boshqarma, «Postda» – «Na postu» gazetalari, «Qalqon» – «SHCHit» jurnallarining birlashgan tahririyatlari, QR, viloyatlar IIB va Toshkent ShIIBB, sohaviy xizmatlar va ta'lim muassasalarining matbuot guruhlari kiradi.
Matbuot xizmati vazifalari orasida OAV va internet tarmog‘ida paydo bo‘layotgan hamda ichki ishlar idoralari obro‘siga putur yetkazuvchi materiallarni tunu kun kuzatish va tahlil qilish kiradi. Bu kabi axborotlarga zudlik bilan choralar ko‘riladi.
Bundan tashqari, 2017 yil 1 dekabrdan e'tiboran keng jamoatchilikda aks-sado bergan voqealarni o‘z vaqtida va ishonchli ravishda, xususan IIV vakolatli mulozimlarining efir orqali yoritish tartibi tasdiqlanadi.
Mavzuga oid

07:02 / 04.08.2025
Hukumat qarori bilan «Sea Breeze Uzbekistan» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari tasdiqlandi

23:00 / 29.07.2025
Ikki viloyatda IIB boshliqlari o‘zgardi

16:22 / 10.07.2025
Alisher Qodirov ishlab chiqarilganiga 25-30 yildan oshgan mashinalarni iste’moldan chiqarishga chaqirdi

15:02 / 03.07.2025