O‘zbekiston | 18:40 / 02.11.2017
14127
2 daqiqa o‘qiladi

Metroning barcha stansiyalarida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi joriy etiladi

2018 yilda barcha stansiyalarda metropoliten xizmatlaridan foydalanish uchun to‘lovning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish rejaga kiritilgan. Bu haqda «Toshkent metropoliteni» UK bosh muhandisi Baxtiyor Sodiqov Xalqaro Press-klubning navbatdagi sessiyasida ma'lum qildi. 

«Hozirda Mustaqillik maydoni metro bekatiga maxsus turniket sinovdan o‘tkazilmoqda. Agar mazkur tajriba o‘zini oqlasa, boshqa metropoliten bekatlariga ham ikkitadan turniket va avtomatlar o‘rnatiladi. Shuningdek, yo‘lovchilarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida, yo‘lovchilar kartasini joriy qilish masalasi ham o‘rganilmoqda. Yo‘lovchilar karta hisobini to‘ldirgan holda, uning yordamida metro, avtobus, shuningdek, yo‘lovchi poyezdlari uchun yo‘l haqini to‘lish imkoniga ega bo‘lishadi. Ayni damda bu borada ishlar olib borilmoqda», deya qayd etdi Baxtiyor Sodiqov.

Hozirgi kunda, NFC (Near Field Communication - yaqin masofadagi aloqa) kartalari yordamida obektga kirish va to‘lovlarni amalga oshirish dunyoda ommalashib bormoqda. Metroga kirishda ham mazkur texnologiyani qo‘llovchi kartalardan foydalanish imkoni yaratilmoqda. Ushbu kartalar bir marotaba xarid qilinadi va hisobini to‘ldirish orqali doimiy foydalanish mumkin. 

Jyeton o‘rniga karta bilan. Endi Toshkent metrosida yevropacha tizim

Mavzuga oid