Sport | 01:06 / 02.11.2017
4251
1 daqiqa o‘qiladi

Rafael Nadal mavsumni birinchi raqamli tennischi sifatida yakunlaydi

Foto: Getty Images

Rafael Nadal mavsum natijalariga ko‘ra erkak tennischilar o‘rtasida o‘ziga 1-o‘rinni ta'minlab qo‘ydi. Bu esa ispaniyalik Parijdagi "Masters" musobaqasining 2-davrasida koreyalik Xyon Chonni mag‘lub etgandan keyin mumkin bo‘ldi. Uchrashuv 7:5, 6:3 hisobi bilan yakunlangan.

Rafa o‘yin davmida 3 ta eys, 8 ta breyk-poyntdan 4 tasini amalga oshirgan, 2 marta ikkilik xatoga yo‘l qo‘ygan. Tennischilar o‘rtasidagi shaxsiy hisob esa 2:0 ko‘rinishini oldi. 

Nadal faoliyatida 4-marotaba mavsumni birinchi raqamli tennischi sifatida yakunlaydi. 

U "Masters"ning 3-davrasida urugvaylik Pablo Kuevas bilan bellashadi.

Rafa joriy mavsumda ATP’ning 6 ta musobaqasida g‘oliblik nashidasini surdi.

Mavzuga oid