«APEAS Engineering & Construction» kompaniyasi bosh direktori Yusuf K.Taymaz boshchiligidagi turk delegatsiyasi Samarqandga tashrif buyurdi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi xabar bermoqda.
Ushbu tashrifning maqsadi – Samarqandda qiymati 20 mln. AQSh dollari bo‘lgan, 130 ta xonaga mo‘ljallangan mehmonxona majmuasini qurish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishdan iborat.
Shuningdek, Turkiyaning «APEAS Engineering&Construction» kompaniyasi rahbari Yusuf K.Taymaz Samarqand viloyati hokimi bilan ham uchrashdi.







