2 noyabr oqshomida Yevropa Ligasining guruh bosqichida 4-tur uchrashuvlari o‘tkazildi. Bu turdan keyin 5ta jamoa muddatidan oldin guruh masalasini hal etdi. «Arsenal», «Latsio», «Styaua» «Dinamo» Kiyev va «Zenit» klublari keyingi turlarda qanday natijalar qayd etilishidan qat'i nazar, keyingi bosqichda qatnashadi.

«Milan» bu turda ham golsiz durang qayd etdi, ammo o‘z guruhida 8 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda, turnir favoritlaridan biri bo‘lishi kutilgan «Everton» esa «Lion»ga qarshi safar o‘yinida mag‘lub bo‘ldi va keyingi bosqichga chiqish umididan butkul mahrum bo‘ldi. Inglizlar 4 o‘yinda faqat bitta ochko olishgan.

Quyida 4-turning barcha natijalari va tur o‘yinlaridan keyin guruhlarda yuzaga kelgan vaziyat bilan tanishish mumkin.

Yevropa Ligasi
Guruh bosqichi, 4-tur

A guruhi
Makkabi Tel-Aviv Isroil – Astana Qozog‘iston 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 57 Tvumasi.
Makkabi Tel-Aviv – Raykovich, Tibi, Baben, Davidzada, Battokkio, Rikan, Atar (Shenfeld, 65), Yeini, Blekmen (Atsili, 77), Kyartansson, Dasa (Mixa, 65).
Astana – Erich, Postnikov, Malyy, Shomko, Beysebekov, Tagybergen (Mujikov, 73), Mayevskiy, Tomasov (Murtazayev, 75), Shitov (Anichich, 88), Kabananga, Tvumasi.
Ogohlantirishlar: Tagibergen (39), Shenfeld (66).

Slaviya Chexiya – Vilyarreal Ispaniya 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 15 Bakka, 0:2 – 89, avtogol Deli.
Slaviya – Lashtuvka, Yugas, Sobol, Borjil, Deli, Gromada (Ngade-Ngadjui, 46), Souchek, Danni (van Buren, 63), Sikora (Shkoda, 80), Stox, Netsid.
Vilyarreal – Barbosa, Alvaro Gonsales, Marin, Mario Gaspar, Ruis, Soriano (Sansone, 83), Rodri Ernandes, Fornals (Cheryshev, 67), Trigeros, Bakambu, Bakka (Chuka, 72).
Ogohlantirishlar: Bakambu (57), Borjil (88).

A guruhi: 1. «Vilyarreal» — 8 ochko; 2. «Astana» — 7; 3. «Slaviya» — 5; 4. «Makkabi» — 1.