08:16 / 03.11.2017
11329

Hindistonda dunyodagi eng baland joylashgan tog‘ avtomobil yo‘li qurildi

Foto: globallookpress.com

Hindistonda dunyodagi eng baland tog‘ avtomobil yo‘li qurildi. Uzunligi 86 km keladigan yangi yo‘l Jammu va Kashmir shtatining Ladakx viloyatidagi Chisumle va Demchok aholi punktlarini bog‘laydi. Yo‘lning eng baland nuqtasi 5883 metr balandlikda joylashgan, deb xabar bermoqda Hindiston NDTV telekanali. 

Yo‘l Xitoy bilan chegarada joylashgan va strategik ahamiyatga ega. Ta'kidlanishicha, Demchokda harbiy lager joylashgan. Telekanalning ma'lum qilishicha, yo‘l qurilishi og‘ir sharoitlarda: kislorod kam bo‘lgan havo va sovuq haroratlarda olib borilgan. 

Hindiston Ladakxda faol ravishda temir yo‘l va avtomobil yo‘llarini quradi. Bu yo‘llar zarurat tug‘ilganda tog‘li hududlarga tezkorlik bilan qo‘shinlar va texnikani tashlashga imkon beradi. 

Top