19:20 / 03.11.2017
168446

MIB tomonidan musodara etilgan mol-mulk auksionga qo‘yildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi musodara etilgan qator moddiy boyliklarni onlayn auksionga qo‘ydi.

Xususan, MIB «Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi» davlat unitar korxonasi tomonidan Mirzo Ulug‘bek tumani, Hamid Olimjon maydonining sharqiy tomonidagi 13A-uy auksionga qo‘yildi. U 431 357 000 so‘mga baholandi.

Foto: e-auksion.uz

Andijonda esa S.Zununov ko‘chasi 7-uy 2 638 416 000 so‘mga baholandi. Shuningdek, Spark va Malibu avtomobillari ham auksionga qo‘yildi, ularning narxi mos ravishda 56 032 696 so‘m hamda 70 945 600 so‘mga baholandi.

Foto: e-auksion.uz
Foto: e-auksion.uz
Foto: e-auksion.uz

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27-iyulida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi «Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi» davlat unitar korxonasi tashkil etildi va sud hujjatlari hamda boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha auksion savdolari faqatgina shu Markazning «E-IJRO AUKTsION» yagona elektron savdo maydonchasida elektron onlayn-auksionlar shaklida o‘tkazilishi belgilab qo‘yildi.

Yagona elektron savdo maydonchasida elektron onlayn-auksionlar o‘tkazish www.eauksion.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Mavzuga oid
Top