13:30 / 03.11.2017
6157

Nazarboyev Qozog‘iston hukmron partiyasida o‘zgarishlarga ehtiyoj borligini tan oldi

Foto: TASS

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakatda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga mos ravishda «Nur Otan» hukmron partiyasini modernizatsiya qilish zarurligini ma'lum qildi, deya xabar bermoqda Tengrinews.

U bu haqda Ostonada «Nur Otan» partiyasi siyosiy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida ma'lum qildi. Siyosiy kengash partiyaning oliy vakillik organi hisoblanadi.

«Mamlakat modernizatsiya qilinayotgani uchun iqtisodiyot va siyosiy kuchlar ham bunga mos kelishlari kerak», - deya ta'kidlab o‘tgan davlat rahbari. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yillarda hukmron partiya Qozog‘istonda «vaziyatni barqarorlashtirish», shuningdek, Qozog‘istonni rivojlantirish va aholining ijtimoiy ahvolini yaxshilash bo‘yicha belgilab qo‘yilgan vazifalarni bajarishga katta hissa qo‘shdi.

RIA «Novosti»’ning xabar berishicha, Nazarboyev buning sababi jahon bozorlarida ro‘y berayotgan global raqobat, dunyodagi yangi texnologik inqilob ekanini ta'kidlagan.

Mavzuga oid
Top