11:50 / 03.11.2017
12193

Toshkentda MDH davlatlari hukumat rahbarlari yig‘ilishi boshlandi

Foto: Kun.uz

Bugun, 3 noyabr kuni Toshkent shahrida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi a'zo davlatlari hukumat rahbarlari Kengashining navbatdagi yig‘ilishi boshlandi. Unda O‘zbekiston Bosh vaziri - Abdulla Aripov, Armaniston Bosh vaziri - Karen Karapetyan, Belarus Bosh vaziri - Andrey Kobyakov, Qozog‘iston Bosh vaziri - Bakitjon Sagintayev, Qirg‘iziston Bosh vaziri - Sapar Isaqov, Rossiya Bosh vaziri - Dmitriy Medvedev, Tojikiston Bosh vaziri - Koxir Rasulzoda hamda MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi - Sergey Lebedev ishtirok etmoqda.

Ozarboyjon va Turkmaniston davlatlaridan Tashqi ishlar vazirligi darajasida, Moldovadan esa MDH va uning boshqa organlarida mas'ul etib tayinlangan vakil ishtirok etmoqda.

Bugungi yig‘ilish kun tartibidan 18ta hujjat loyihalarini muhokama etish o‘rin olgan. Shuningdek, hukumat rahbarlari va vakillar tor doirada uchrashib, dolzarb masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashishi ham kutilmoqda. Kengaytirilgan majlis sessiyada tadbir ishtirokchilari MDH doirasida savdo-iqtisodiy hamkorlik, jumladan erkin savdo hududi, neft-gaz mashinasozligi, yer resurslarini melioratsiyalash va bojxona qiymatidagi tovarlarni nazorat qilish kabi masalalarga to‘xtalib o‘tadi.

Mavzuga oid
Top