Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT xodimlarini jinsiy jinoyatlarda ayblashmoqda
Birlashgan Millatlar Tashkilotiga iyul oyidan sentabrga qadar jahonning turli davlatlarida ishlayotgan o‘z xodimlari ustidan 31 ta shikoyat kelib tushdi. Ular turli xil missiyalarni bajarishda jinsiy zo‘ravonlikda ayblanmoqda. Bu haqda Deutsche Welle xabar bergan.
Shikoyatlar Markaziy Afrika Respublikasi, Janubiy Sudan, Kongo Demokratik Respublikasi va Haitida turli yillarda sodir etilgan jinoyatlarga taalluqlidir. Shu bilan birga, bitta holat tasdiqlangan, shikoyatlarning 14 tasi bo‘yicha tergov davom etmoqda, qolganlari tekshiruv jarayonida.
BMT xodimlari tomonidan jinsiy zo‘ravonlik qurbonlariga kamida 24 nafar ayol va 6 qiz aylangan.
Murojaatlarning katta qismi - 12 tasi - tinchlikparvar missiyalarning harbiy xizmatchilariga taalluqli, 5 ta ayblov esa Birlashgan Millatlar Tashkilotining qochqinlar ishi bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi xodimlariga tegishli.
Mavzuga oid
11:07 / 10.07.2026
BMT hisobot berdi: davlatlar 2030 yilgacha qo‘yilgan maqsadlarga sekin erishmoqda
11:23 / 08.07.2026
“2030 yilga borib suv tanqisligi 15 mlrd kub metrga yetadi” – suv vaziri Nyu Yorkda
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026