Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Finlyandiya Rossiya harbiy faolligi tufayli AQSh bilan qo‘shma mashqlar o‘tkazadi
Finlyandiya Rossiya harbiy faolligi tufayli AQSh va boshqa ittifoqchilar bilan keng miqyosli harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 3 noyabr, juma kuni Finlyandiya mudofaa vaziri Yussi Niinisto ma'lum qildi, deb xabar berdi Reuters.
Ta'kidlanishicha, mashqlar qo‘shinlarga inqiroz holatiga tayyorgarlik ko‘rishda yordam beradi.
«Mashqlarga harbiy xizmatga chaqirilganlar, zaxiradagilar va askarlar keng jalb etiladi. Ular Shvetsiya, AQSh va boshqa asosiy sheriklarimiz bo‘lgan mamlakatlar birgalikda mashg‘ulot o‘tkazishadi», - dedi Niinisto.
Uning aytishicha, mashg‘ulotlar sentabr oyida Shvetsiyaning Avrora mashqlariga o‘xshash bo‘ladi. Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Avrorada 19 ming nafar harbiy xizmatchi ishtirok etdi.
Mavzuga oid
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
15:12 / 09.06.2026
Amerika biznesi O‘zbekiston loyihalariga qiziqishni kuchaytirmoqda - Saida Mirziyoyeva
13:13 / 09.06.2026