19:52 / 04.11.2017
5376

“Formula-1”ning mashhur poygachisi ikkinchi marta faoliyatini yakunlayotganini ma'lum qildi

Foto: AFP

“Formula-1”ning "Uilyams" jamoasi poygachisi Felipe Massa faoliyatini yakunlayotganini ma'lum qildi. 36 yoshli braziliyalik Instagram’da joriy mavsumdagi poygalar uning faoliyatidagi oxirgilari bo‘lishini aytgan. 
  
Massa faoliyatida uchta jamoa: "Zauber", "Ferrari" va “Uilyams" nomidan ishtirok etgan. Bugungi kunga kelib u faoliyatida 11 ta poygada g‘olib bo‘lgan, 41 marta shohsupaga  ko‘tarilgan. Biroq bu oxirgi marta 2015 yilda Italiyada yuz bergan. Mavsumning qolgan Braziliya va Abu-Dabidagi poygalari uning faoliyatidagi oxirgilari bo‘ladi.

Massa poygalardan o‘zi o‘tgan mavsum yakunlangandan keyin ketmoqchi bo‘lgan va bu haqda ma'lum qilgan, biroq jamoasining iltimosiga ko‘ra, “Mersedes”ga ketgan sobiq jamoadoshi Valtteri Bottas o‘rniga yana bir mavsumga qolishga rozi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, poyganing Meksika Gran-prisi yakunlariga ko‘ra, britaniyalik Lyuis Xemilton muddatdan avval mavsum g‘olibi bo‘ldi. 

Mavzuga oid
Top