14:16 / 04.11.2017
6745

Hindiston shimolida 80 dan ortiq terrorchi yo‘q qilindi

Foto: PTI

Hindiston xavfsizlik kuchlari hamda hukumat qo‘shinlari mamlakat shimolidagi Jammu va Kashmir shtatida 80 dan ortiq terrorchini yo‘q qildi. Bu so‘nggi yarim yildagi natija, deb bayonot berdi mintaqadagi armiya qo‘mondoni general-mayor Birendra Raju.

"Janubiy Kashmir hududiga terrorchilik xurujlarini amalga oshirish uchun kirishga urinayotgan guruhlarga qarshi harakatlar kamida 80 jangarini yo‘q qilishga olib keldi. Ammo bo‘shashishga hali vaqtli, chunki shtatda 115 ga yaqin radikal kayfiyatdagilar bor, ular 99 kishi mahalliy, 15-16 nafari xorijiy yollanma jangarilardir", - degan qo‘mondon.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "notinch mintaqadagi vaziyat terrorchilar soni kamayishi bilan yaxshilanadi". 

Mavzuga oid
Top