18:40 / 04.11.2017
5272

OAV: Germaniya ayg‘oqchi sun'iy yo‘ldoshlar xaridiga 400 mln yevro mablag‘ ajratishi mumkin

Germaniya Bundestagining byudjyet bo‘yicha qo‘mitasi Federal razvedka xizmati ehtiyojlari uchun 3 ta ayg‘oqchi sun'iy yo‘ldoshlarni xarid qilishga 400 mln yevro ajratishni ma'qulladi. Bu haqda RND tahririyatlar guruhiga kiruvchi gazetalar maxsus xizmatlardagi manbalariga asoslanib yozmoqda, deb xabar qilgan TASS agentligi. 

Unga ko‘ra, bir oy mobaynida qaysi kompaniya buyurtmani olishi ma'lum bo‘ladi. Ayni vaqtda ikkita taklif bor – biri Airbus kompaniyasidan, ikkinchisi Germaniyaning Bremen shahrida joylashgan OHB raketa-kosmik korporatsiyasidan.
 
Hujjatda yozilishicha, nemis razvedkasi "zudlik bilan va mustaqil ravishda vaziyatga tezda xolis baho bera oladigan axborotni olish imkoniga ega bo‘lishi kerak". Berlin hukumatiga binoan, zamonaviy dunyoda razvedka uchinchi tomonga bog‘liq bo‘la olmaydi va o‘z texnik quvvatlariga tayanishi lozim. 

Sun'iy yo‘ldoshlarni yetkazib berish muddati borasida so‘z yuritilmagan. 

Top