00:06 / 05.11.2017
7916

AQShda bir erkak politsiya bilan otishma sodir etdi

Foto:TAMI CHAPPELL/REUTERS

AQShning Billings shahrida (Montana shtati) noma'lum kimsa do‘konlardan biriga yashirinib, voqea joyiga yetib kelgan politsiyani o‘qqa tutgan. Bu haqda KTVQ mahalliy telekanali xabar bermoqda

Voqea 4 noyabrga o‘tar kechasi yuz bergan. Qurollangan erkak do‘konga o‘z avtomobilida bostirib kirgan. Voqea joyiga politsiya yetib kelgan. Erkak o‘shanda otishma bilan javob qilib, politsiya mashinasiga shikast yetkazgan.  

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, jinoyatchi voqeadan avvalroq qurol-aslaha sotadigan boshqa do‘kondan qurol o‘g‘irlamoqchi bo‘lgani uchun haydab chiqarilgan.

Bir necha soatdan keyin voqea joyida kuchli bang‘illash  ovozi eshitilgan. Keyinroq ma'lum bo‘lishicha, erkak yorug‘lik-shovqin granatasini uloqtirgan.

Ma'lum qilinishicha, politsiyachilar bino atrofini qurshab olishgan. Ular ekrak bilan muzokaralar olib bormoqdalar. 

Top