12:00 / 05.11.2017
16144

AQShdagilar Trampning turnesi vaqtida KXDR faollashuvidan xavfsirashmoqda

Foto: © KCNA/REUTERS

Oq uy rasmiylari va Osiyo davlatlari yetakchilari Shimoliy Koreya Donald Trampning Osiyoga turnesini o‘ziga xos tarzda qarshilashidan, bu davlat navbatdagi raketa sinovlari o‘tkazishidan xavfsirashmoqda. Bu haqda Politico nashri xabar tarqatdi.

«Kim Chen In Donald Tramp Sharqiy Osiyoda ekanida ballistik raketalar yoki hatto yadroviy qurilmalar sinovini o‘tkazishi mumkin. KXDR bunday harakati orqali eskalatsiya holatini yanada chuqurlashtirishi mumkin», — deya yozgan nashr.

Yonhap agentligi esa janubiy koreyalik razvedkachilar KXDRning raketa obektlarida faollikni qayd etishgan, odatda bunday harakatlar raketa sinovlari arafasida kuzatiladi.

Shu bilan birgalikda, ekspertlar Oq uy voqealarning bunday rivojiga tayyor ekaniga ishonch bildirishmoqda. Ular shimolliklar bu vaqtda raketa sinovi uchirish orqali AQSh va ittifoqchilarining Kim Chen In rejimiga qarshi yanada jipslashuviga sabab bo‘lishini aytishmoqda.

Mavzuga oid
Top