18:00 / 05.11.2017
7666

OAV: Livanning sobiq bosh vaziriga suiqasd tayyorlanmoqda. Uning otasi suiqasd qurboni bo‘lgandi

Foto: AFP

Livan sobiq bosh vaziri Saad al-Haririy o‘ziga nisbatan suiqasd uyushtirilishi xavfi mavjudligi haqida g‘arb razvedka xodimlari tomonidan ogohlantirilgan, deb xabar beradi Asharq al-Avsat nashri.

Saud oilasi vakillari tomonidan moliyalashtiriladigan mahalliy nashr tarqatgan xabarni Livan markaziy telekanallaridan biri, al-Mayadin muxbiri mamlakat xavfsizlik xizmati rahbari general Abbos Ibrohimning bayonotiga tayanib rad etdi.

Unda aytilishicha, general hech qanday g‘arb tomondagi hamkasblaridan ma'lumot qabul qilmagan va yaqin orada tahdidli xabar ham aniqlamagan.

Ammo 4 noyabr kuni bosh vazir kutilmaganda iste'foga chiqishi haqida bayonotni o‘qib eshittirdi.

Endi mamlakatning sobiq bosh vaziri, Saadning otasi Rafiq al-Haririyga qarshi uyushtirilgan suiqasddan biroz avvalgi bulutlar Livanga yana qaytib kelgani aytilmoqda. Saad o‘z bayonotida Eron qo‘llab kelayotgan Hizbulloh guruhining faoliyatini qoralab, Livan va boshqa arab davlatlarining ichki hayotini izdan chiqarayotganin aytgan.

Haririy Saudiyaga tashrif buyurib, keyin qaytib kelmadi. Uning nutqi arab telekanallari orqali translyatsiya qilindi.

Mavzuga oid
Top