Belgiya sudi Puchdemonni ozod qildi
Belgiya sudi Kataloniyaning sobiq rahbari Karles Puchdemon va Kataloniya hukumatining 4 nafar sobiq a'zosini ozodlikka chiqarishga qaror qildi. Ular 5 noyabrda qamoqqa olingandilar. Bu haqda Kataloniya milliy assambleyasi rahbari o‘rinbosari Agusti Alkoberro ma'lum qildi.
“Kataloniyaning sobiq rahbari va unga Belgiyada hamrohlik qilayotgan sobiq maslahatchilari ularning Ispaniyaga topshirilishi masalasi ko‘rilayotgan vaqtda mamlakatda qolish sharti bilan ozodlikda qoldirildilar”, deb aytgan Alkoberro.
VRT telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, Kataloniya hukumatining sobiq a'zolari Belgiya hukumatiga o‘zlarining vaqtinchalik yashash manzillarini taqdim qilishlari, tergov bilan hamkorlik qilishlari va huquq-tartibot idoralarining barcha chaqiruvlari bo‘yicha kelishlari lozim. Ularni Ispaniyaga topshirish qarori Belgiya sudi tomondan 15 kun ichida qabul qilinishi kerak.
3 noyabrda Ispaniya sudi Bryusselda bo‘lgan Puchdemon va uning 4 nafar maslahatchisining hibsga olinishi uchun order bergandi. Ular isyon ko‘tarish, davlat mablag‘larini xarj qilib yuborish, xizmat mavqelarini suiste'mol qilish va hukumatga bo‘ysunmaslikda ayblanmoqdalar.
Mavzuga oid
15:10 / 10.08.2024
Kataloniya separatistlari yetakchisi Puchdemon Ispaniyani tark etdi
11:03 / 09.08.2024
Kataloniya separatistlari yetakchisi Puchdemon Ispaniyaga qaytdi
09:41 / 24.09.2021
Kataloniyaning sobiq rahbari Karles Puchdemon Italiyada hibsga olindi
23:57 / 25.03.2019