YeTTB O‘zbekistonda yana 2ta loyihani moliyalashtirishi mumkin
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) O‘zbekistonda yana ikkita loyihani moliyalashtirishni ko‘zlamoqda. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
O‘zbekistondagi muzqaymoq ishlab chiqaruvchi Imkon Plus kompaniyasi YeTTBning 10 mln. dollarlik mablag‘larini jalb etishni rejalashtirmoqda.
Ushbu mablag‘lar tarqatish tarmog‘ini kengaytirish, shuningdek, muzlatilgan meva va sabzavotlar uchun sovitish hamda qayta ishlash korxonalariga yo‘naltiriladi. Loyihaning umumiy qiymati 13,5 million dollarni tashkil etadi. Kutilishicha, YeTTB kreditni ikki transhda taqdim etadi.
Shuningdek, YeTTB Hamkorbank ATBga kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, savdoni moliyalashtirish uchun 20 million dollarlik kredit taqdim etishni mo‘ljallamoqda.
Mavzuga oid
07:53 / 30.08.2024
YeTTB O‘zbekistonda qayta tiklanadigan vodorod ishlab chiqarish uchun mablag‘ ajratadi
18:48 / 24.05.2024
YeTTB Markaziy Osiyo bo‘limiga yangi direktor tayinlandi
15:03 / 15.05.2024
YeTTB 2024 yilda Rossiyaning iqtisodiy o‘sishi prognozini 2,5 foizgacha yaxshiladi
22:40 / 02.05.2024