Fuqarolar notarius qabuliga avvaldan yozilishi mumkin
Bugun, 6 noyabr kuni Adliya vazirligida “Yuridik yordam va xizmat ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish: notarial sohasidagi islohotlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Tadbirda qayd etilganidek, notarial idoralarga murojaat qiluvchilar soni kundan kunga ortib borayotganini inobatga olib, vazirlik tomonidan notarial harakatlar turlari bo‘yicha tahlil qilingan hamda davlat tashkilotlari va idoralar tomonidan hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusxalari talab qilinishini cheklovchi hukumat qarori loyihasi ishlab chiqilgan. Ushbu qarorning tasdiqlanishi notarial idoralardagi navbat kutish holatlari 30-40 foizga kamayishiga va notarial xizmat ko‘rsatish tezkorligi oshishiga xizmat qiladi.
“Endilikda soliqlar, kommunal xizmatlar va elektr energiya bo‘yicha qarzdorlik yo‘qligi, bino va inshootlarning tegishliligi haqidagi ma'lumotlarni fuqarolar tomonidan qog‘oz ko‘rinishida yig‘ish amaliyotiga chek qo‘yildi. Buning o‘rniga esa ushbu ma'lumotlarni notariuslar idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali aniq vaqt rejimida mustaqil olishi belgilandi. Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabineti orqali notarius qabuliga oldindan yozilish uchun yangi murojaat qilish mexanizmidan foydalanishi mumkin. Bu esa notarial idoralarda uzoq navbatlarning hosil bo‘lishini oldini oladi”, deya qayd etdi Adliya vazirligi vakili Doniyor Yoqubov matbuot anjumanida.
Mazkur mexanizm yordamida fuqarolar amalga oshirmoqchi bo‘lgan notarial harakatlar bo‘yicha o‘zlari uchun qulay vaqtni va notarial idorani tanlagan holda notarius qabuliga oldindan yozilish imkoniga ega bo‘ladi.
Shu bilan birga, yil yakuniga qadar notarial harakatlar uchun undiriladigan davlat boji va boshqa to‘lovlarni elektron tizim orqali qabul qilish mexanizmi joriy etiladi.
Anjuman davomida vazirlik va hududiy adliya organlari tomonidan notarial idoralar xodimlarining faoliyati davomida mehnat intizomi va kasb etikasi qoidalariga rioya etishi ahvoli, shuningdek ular zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishini o‘rganib borish yuzasidan o‘tkaziladigan jamoatchilik nazorati tadbirlari to‘g‘risida ham to‘xtalib o‘tildi.
Mavzuga oid
18:54 / 25.10.2024
O‘zbekistonda sotilgan eng qimmat va antikvar avtomobil haqida ma’lumot berildi
20:50 / 07.08.2024
O‘zboshimcha egallangan yer qanday qonuniylashtiriladi? Yangi qonun bo‘yicha mutaxassis bilan suhbat
09:43 / 24.07.2024
Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslari yanada takomillashtirilmoqda
18:02 / 11.07.2024