Özbekiston Respublikasi prezidentining “Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalaş, şuningdek, eksport kontraktlarini röyxatga oliş va import kontraktlarini ekspertizadan ötkazişni tartibga soliş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni e'lon qilindi.

ÖzA xabariga köra, farmonda maxsus turdagi tovarlarni eksport va import qiliş, eksport kontraktlarini röyxatga oliş, şuningdek, import kontraktlarini ekspertizadan ötkaziş va tender hujjatlarini baholaş tartibini yanada takomillaştiriş nazarda tutilmoqda. 

Xususan, eksport-import tartib-taomillarini optimallaştiriş va maxsus turdagi tovarlarni eksport hamda import qiliş uçun litsenziyalar beriş funksiyalarini yagona organda birlaştiriş maqsadida farmonda litsenziyalaş funksiyalarini Özbekiston Respublikasi Taşqi savdo vazirligidan Vazirlar Mahkamasiga ötkaziş nazarda tutilgan. Bunda zargarlik buyumlari, qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlar, qimmatbaho toşlar hamda ulardan tayyorlangan buyumlar litsenziyalanadigan tovarlar röyxatidan çiqarilgan. 

Bundan taşqari, bir-birini takrorlaydigan tartib-taomillarni istisno qiliş maqsadida farmonda import şartnomalarini Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi tomonidan ekspertizadan ötkazişga doir amaldagi tartibni soddalaştiriş hamda unga özgartirişlar kiritiş nazarda tutilmoqda. Jumladan, qiymati 100 ming AQŞ dollaridan kam miqdordagi import kontraktlarini ekspertizadan ötkaziş tartib-taomillari bekor qilinmoqda. 

Şuningdek, tender (tanlov) savdolarini ötkaziş davrida bir vaqtning özida tender (tanlov) hujjatlarini ekspertizadan ötkaziş yoki tender (tanlov) takliflarini baholaş tartibini joriy qilgan holda, tender (tanlov) savdolari natijalari böyiça tuzilgan qiymati 100 ming AQŞ dollaridan ortiq bölgan import kontraktlarini ham ekspertizadan ötkaziş bekor qilinmoqda. Bunda tender (tanlov) savdolari natijalari böyiça tuzilgan import kontraktlari qöşimça ekspertizadan ötkazilmasdan hisobga qöyiladi. 

Farmonda mamlakatning iqtisodiy manfaatlarini ta'minlaş maqsadida Hukumat qarorlari va hukumatlararo bitimlar asosida tuzilgan, şuningdek, çeklangan röyxat böyiça maxsus turdagi va xomaşyo tovarlarini eksport qiliş kontraktlarini Özbekiston Respublikasi Taşqi savdo vazirligida röyxatdan ötkaziş tartib-taomilini saqlab qoliş nazarda tutilmoqda.