O‘zbekiston | 21:00 / 06.11.2017
23678
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika qo‘shma shtatlarining Sazerlend Springs shahridagi «Birinchi Baptist Cherkovi»da yuz bergan otishma oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan ushbu mamlakat Prezidenti Donald Trampga ta'ziya izhor etdi.

«O‘zbekistonda bunday noinsoniy zo‘ravonlik harakatlarini qattiq qoralaydi», — deyiladi O‘zbekiston TIV tomonidan keltirilgan telegramma matnida.

Davlat rahbari halok bo‘lganlarning yaqinlariga chin dildan hamdardlik bildirgan va jarohatlanganlarga sog‘liq tilagan.

5 noyabr kuni Amerikaning Texas shtati Sazerlend-Springs shahrida qurollangan erkak baptistlar cherkovi dindorlarini o‘qqa tutdi. Ushbu ommaviy qotillik oqibatida 26 kishi halok bo‘lib, yana 20 ga yaqin kishi yaralandi. Qotillik sodir etgan shaxs mashinasidan jonsiz holda topildi.

Cherkovdagi odamlarni o‘qqa tutgan shaxs AQSh fuqarosi, 26 yoshli Devin Patrik Kelli bo‘lib, u 2010 yildan 2014 yilga qadar AQSh harbiy-havo kuchlarida xizmat qilgan.

Mavzuga oid