16:10 / 06.11.2017
11337

Suriyaning IShIDdan ozod qilingan tumanlari aholisi soni 4,5 barobarga o‘sdi

Foto: Anadolu

«Firot qalqoni» amaliyoti natijasida IShID terrorchilaridan ozod qilingan tumanlardagi o‘z uylariga qaytayotgan Suriya fuqarolarining soni ortib bormoqda. Bu haqda «Anadolu» xabar tarqatdi.

Muxolifatning muvaqqat hukumatiga bo‘ysunadigan mahalliy kengashlar ushbu hududlarda aholini ro‘yxatga olishdi. Aholini ro‘yxatga olish ma'lumotlariga ko‘ra, «Firot qalqoni» amaliyoti vaqtida IShIDdan ozod qilingan tumanlar aholisi soni 4,5 barobarga, ba'zi hududlarda esa deyarli to‘qqiz barobarga o‘sgan.

Amaliyot boshlanishidan oldin mintaqa aholisi soni 52 ming kishini tashkil etgan, hozir bu raqam 236 mingga yetdi.

IShID terrorchilari bosib olgan vaqtda Suran posyolkasining aholisi soni besh minggacha qisqardi, hozir esa bu yerda 25 ming kishi yashaydi.

Chobanbeyli chegara yaqinidagi posyolkaning aholisi ham to‘rt mingdan 20 ming kishigacha oshdi.

IShID terrorchilari paytida Jyerablus tumani aholisi soni yetti mingga qisqargan bo‘lsa, bugungi kunda bu yerda 36 ming kishi istiqomat qilmoqda.

Turkiya qo‘llab-quvvatlovi bilan tumanda elektr energiya va suv ta'minoti qisman tiklandi, bu yerda maktab hamda shifoxonada ishlamoqda.

IShID paytida Al-Bob shahri aholisi 12 mingga qisqargandi. Suriya ozodlik armiyasining IShID terrorchilari bilan janglari davomida qolgan fuqarolar ham Al-Bobni tark etishdi. Bugun Al-Bobda 106 ming inson yashamoqda, hamda shaharda tiklash ishlari davom etmoqda. Aholi Al-Bobga qaytishda davom etyapti.

Mavzuga oid
Top