Texasdagi cherkovda yig‘ilganlar o‘qqa tutildi
5 noyabr kuni Texas shtatida mahalliy vaqt bilan soat 11:30da qurollangan jinoyatchi Sazerlend-Springs cherkovi binosiga bostirib kirdi.
Uilson okrugi politsiya vakili Albert Gamez bergan ma'lumotga ko‘ra, cherkovda bo‘lgan otishma tufayli 27 kishi halok bo‘lgan, yana 20-25 kishi jarohat olgan. U bu haqda CBS News telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qilgan.
Guvohlarning ma'lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida ikki yoshli bola ham bor.
O‘z navbatida KSAT telekanalining xabar berishicha, jabrlanganlarni kasalxonaga olib borish uchun kamida oltita vertolyot jalb etildi.
Jinoyatni sodir etgan shaxsning ismi Devin Kelli bo‘lib, u oq tanli va 26 yoshda bo‘lgan. 2010 yildan 2014 yilgacha AQSh harbiy-havo kuchlarida xizmat o‘tagan. So‘ngra tribunalga berilib, harbiy xizmatdan haydalgan.
Ma'lumot uchun, ushbu shaharchada taxminan 400 kishi istiqomat qiladi.
Mavzuga oid
21:09 / 19.09.2024
AQShdagi kimyo zavodida yuz bergan yong‘inni to‘rt kundan beri o‘chirib bo‘lmayapti
22:11 / 20.03.2024
Texas shtati noqonuniy migrantlarni hibsga olish va qamash huquqi uchun kurashmoqda
22:58 / 24.02.2024
«Bayden inqirozi» bilan kurashish uchun. Texas Meksika bilan chegarada harbiy baza quradi
15:01 / 02.02.2024