16:20 / 06.11.2017
6175

«Vest Hem» murabbiysiz qoldi

Foto: Premer liga

«Vest Hem Yunayted» bosh murabbiysiz qoldi. Klub matbuot xizmati Slaven Bilich jamoani tark etgani haqida rasman ma'lum qildi.

«Bolg‘achilar» jamoasi APLda keyingi 4 turda g‘alaba qozona olmadi va ayni vaqtda 9 ochko bilan xavfli hududda qolmoqda. 

Ushbu xorvatiyalik mutaxassis o‘rnini Devid Moyyes egallashi kutilmoqda. London klubi rahbariyati shotlandiyalik murabbiy bilan muzokaralar boshlagan. Moyyesning oxirgi jamoasi «Sanderlend» bo‘lgandi.

54 yoshli mutaxassis bilan mavsum oxiriga qadar shartnoma tuzilishi kutilmoqda.

Top