​Janubiy Koreyada o‘zbek  mehnat muhojirlarining faoliyatini tartibga solish, ish kvotasi uchun belgilangan imtihonlarni sifatli va shaffof o‘tkazish maqsadida Toshkent shahridagi Kompleks test markazi (KTM) 13 noyabr kuni o‘z faoliyatini boshlashi ma'lum qilindi. Agentlik orqali chet elga chiqishni rejalashtirayotgan shaxslar uchun dastlabki test sinovlari endilikda mazkur markaz orqali amalga oshiradi. Bu haqda Agentlik mas'ul vakili bilan suhbatlashgan KUN.UZ muxbiri xabar berdi.

Sinov zamonaviy dasturiy ta'minot CBT - Computer Based Testing usuli asosida amalga oshiriladi. Ushbu usul maxsus ishlab chiqilgan dasturiy ta'minot bilan birgalikda talabgorning test sinovlari natijalarining ishonchliligini kafolatlaydi, keyinchalik Tashqi mehnat migratsiyasi bo‘yicha Agentlikka o‘tkazilishini ta'minlaydi.

Ilg‘or dasturiy ta'minot xavfsizlik tizimlari har qanday kompyuter hujumiga qarshi xavfsizlikni ta'minlaydi, bu ma'lumotlarning uzilish ehtimolini yo‘qotishga imkon beradi.

"Test sinovlari diplomli administratorlarning rahbarligi ostida maxsus jihozlangan kompyuter xonalarida amalga oshiriladi, bu imtihonning adolatli  o‘tkazilishini ta'minlaydi",​ deb aytadi agentlik vakili Kun.uz muxbiri bilan kechgan suhbatda.

Malakaviy EPS-TOPIK sinovlarning saralash bosqichidan o‘tish tamoyili:

1. EPS-TOPIK sinovlariga saralanish uchun TMMMA-Koreya sinovlaridan oldindagi EPS-TOPIK sinovlariga o‘tish uchun saralangan va yakuniy sanadan avval e'lon qilingan nomzodlar qo‘yiladi. Bunda TMMMA-Koreya sinovidan o‘tgan kishi ko‘rsatilgan sanadan keyin EPS-TOPIK'ning keyingi sinov sessiyasiga saralanish uchun nomzodga aylanadi.

2. TMMMA-Koreya sinovlari natijalarining haqiqiylik muddati – sinovni topshirish sanasidan boshlab 8 oyni tashkil qiladi.

3. EPS-TOPIK sinovining kelgusi sessiyasiga saralanish ochiq tarzda, quyidagi jarayon orqali o‘tkaziladi:

- Agentlik EPS-Markaz (Koreya R.) bilan birgalikda, TMMMA-Koreya sinovini o‘tkazish uchun yakuniy sana va ruxsat berilgan ishtirokchilar sonini belgilaydi va EPS-TOPIK sinovining kelgusi sessiyasiga saralash uchun e'lon qiladi.