10:50 / 07.11.2017
33982

Dunyodagi eng ommabop avtomobil modellari ma'lum qilindi

Britaniyaning Park Indigo firmasi dunyodagi eng ommabop avtomobillar modellari ro‘yxatini e'lon qildi. Bu haqdagi ma'lumot kompaniya saytida taqdim etilgan.

Reytingda birinchi o‘rinni 25 ta davlatda savdolar yetakchisiga aylangan Toyota Hilux pikapi egalladi. Ikkinchi pog‘onada – Yevropada katta talabga ega bo‘lgan Volkswagen Golf. Kuchli uchlikka Afrika hamda Yaqin Sharqda mashhur bo‘lgan Toyota Land Sruiser yakun yasab bergan. Shimoliy Amerikada Ford F-150 hamon yetakchilikni o‘zida saqlab turibdi.

Tadqiqotga ko‘ra, O‘zbekistondagi eng ommabop mashina – Nexia’dir. Qozog‘iston va Qirg‘izistonda Toyota Camry eng xaridorgir bo‘lsa, Afg‘onistonda Toyota Corolla yetakchi. Turkmanistonda Mercedes C-Class tengsiz deb topilgan. Rossiyada esa Hyundai Solaris eng sotiluvchi model sifatida qayd etildi. Tojikiston bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q. 

Toyota Hilux
Foto: Toyota
Volkswagen Golf
Foto: Car Magazine
Toyota Land Sruiser
Foto: Edmunds
Top