00:24 / 07.11.2017
8963

Texasdagi cherkovda sodir etilgan otishma terakt sifatida tergov qilinmayapti

Foto: Reuters

Texas shtatidagi baptistlar cherkovidagi otishma terakt sifatida tergov qilinmayapti. Bu haqda Federal qidiruvlar byurosi vakiliga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

“Ayni vaqtda biz tergovni “terrorchilik” moddasi bo‘yicha olib bormayapmiz”, deb aytgan FQB vakili.  

Reuters axborot agentligi Texas hukumatiga iqtibos keltirgan holda otishmani sodir etgan Devin Kellining uyida muammolar bo‘lgani, u hattoki qaynonasiga tahdid qilganini ma'lum qildi. 

Avvalroq Texas gubernatori Gregg Ebbot qotilning cherkov bilan aloqasi bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan.

Top