AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat kongressi quyi palatasiga maktub bilan murojaat qilib, kelasi yil uchun davlat mudofaa byudjyeti xarajatlarini oshirish haqida so‘radi. Bu Shimoliy Koreya va Afg‘oniston bilan bog‘liq vaziyat tufayli yuz berdi, deb xabar qilmoqda Oq uy matbuot xizmati.
Tramp o‘z maktubida Shimoliy Koreya tomonidan kelayotgan tahdidga qarshi kurashish uchun raketalarga qarshi mudofaa sohasida kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni qo‘llab-quvvatlash uchun 4 mlrd. dollar, shuningdek, «ma'muriyatning Janubiy Osiyodagi» strategiyasini quvvatlash uchun 1,2 mlrd. dollar so‘ragan.
Trampning aniqlik kiritishicha, Afg‘onistondagi Amerika harbiy kontingentini 3,5 ming kishiga ko‘paytirish uchun qo‘shimcha moliyalashtirish zarur.
Bundan tashqari, AQSh yetakchisi AQSh harbiy-dengiz kuchlarining «Jon Makkeyn» va «Fittsjyerald» kemalarini ta'mirlash uchun yana 700 mln. dollar talab qildi.











