QHTBT portalida Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan Investitsiya kodeksi konsepsiyasi loyihasi taqdim etilgan. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
 
Hujjat bilan O‘zbekistonning amaldagi investitsiya qonunchiligiga baho berilgan. Bu turli sohalar bo‘ylab yoyilib ketgan normativ-huquqiy hujjatlar massivi bo‘lib, ushbu holat uning samaradorligini pasaytiradi hamda huquqiy qo‘llashni qiyinlashtiradi. Shu bois mazkur sohadagi amaldagi normalarni tizimlashtirish va kodifikatsiyalash taklif etilmoqda.
 
Kontseptsiya mazmuni
 
Taqdim etilgan konsepsiya quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

•  Investitsiya kodeksini qabul qilish zaruratini asoslash;
•  kodeksning tuzilmasi, predmeti, maqsadlari va vazifalari;
•  kodeksni qabul qilishning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va yuridik oqibatlari;
•  loyiha bilan joriy etiladigan normalar;
•  investitsiya siyosatining asosiy yo‘nalishlari;
•  xorijiy davlatlarning investitsiyalar sohasidagi qonunchiligi va xalqaro hujjatlarning nizomlarini hisobga olish.
 
Investitsiya sohasida taklif etilayotgan normalar
 
1. Investitsiya faoliyatining asosiy tushunchalarini qayta ko‘rib chiqish («investitsiyalar», «investor», va boshqalar).
 
Ma'lumot uchun: hozirgi vaqtda mazkur tushunchalar «Investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunda reglamentlangan.
 
2. Ham mamlakatimiz, ham xorijiy investorlar uchun yagona huquqiy rejimni joriy etish.
 
3. Diskriminatsiya va qonunchilikdagi salbiy o‘zgarishlardan yangi kafolatlar.
 
4. Quyidagicha yangiliklarni joriy etish: