O‘zbekiston Respublikasi prezidenti 2017 yil 2 noyabr kuni «O‘zbekiston Respublikasi prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish va ba'zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3149-son qaroriga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartishlar kiritildi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba'zi qarorlariga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»gi 2010 yil 5 noyabrdagi PQ-1430-son qaroriga ilovaning 2-bandi «v», «g», «d» va «ye» kichik bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.
3. Vazirlik va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu Farmonga muvofiqlashtiradi.
4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining bosh vaziri A.Aripov va O‘zbekiston Respublikasining bosh prokurori I.Abdullayev zimmasiga yuklandi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartishlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi 2012 yil 21 fevraldagi PF-4424-son Farmoniga ilovaning 3-bandi o‘n ikkinchi — o‘n oltinchi, o‘n to‘qqizinchi — qirq birinchi va qirq uchinchi xatboshilari chiqarib tashlandi;
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta'minlash departamenti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2006 yil 31 avgustdagi PQ-458-son qarorida:
a) 6-bandning birinchi xatboshisidagi «ochiq auksion savdolari» so‘zlari «elektron onlayn-auksionlar» so‘zlari bilan almashtirildi;
b) 7-ilovada (Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida avtomototransport vositalari va ko‘chmas mulkni sotish tartibi to‘g‘risidagi nizom):

















