Londondagi auksionda “Amerika” so‘zi ilk bor eslab o‘tilgan, avval noma'lum bo‘lgan qadimiy dunyo xaritasi sotuvga qo‘yiladi. Auktsion 13 dekabrda bo‘lib o‘tadi.
“Interfaks”ning yozishicha, 1507 yilda nemis xaritachisi Martin Valdzemyuller tomonidan yaratilgan ushbu xaritani britaniyalik restavrator Artur Drescher oilasi sotmoqda. Xaritaning dastlabki narxi 600 ming funt sterling qilib belgilangan.

Christieʼs auksion uyining yetakchi mutaxassisi Julian Uilsonning aytishicha, bu xaritaning yana 4 ta nusxasi mavjud. Ular muzeylar va xususiy kolleksiyalarda saqlanadi. Jumladan, bu xaritaning devorga osig‘liq nusxasini AQSh kongressi kutubxonasida ko‘rish mumkin.
















