10:20 / 08.11.2017
7220

Nufuzli musobaqalar g‘oliblari bo‘lgan o‘quvchilarni taqdirlash to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar kiritildi

Foto: O‘zA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari g‘oliblari bo‘lgan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta'lim maktablari o‘quvchilarini taqdirlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori e'lon qilindi.

Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 oktabrdagi 226-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari g‘oliblari bo‘lgan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta'lim maktablari o‘quvchilarini taqdirlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtiradilar.

Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi R.Qurbonov zimmasiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklandi.

Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari g‘oliblari bo‘lgan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta'lim maktablari o‘quvchilarini taqdirlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar

1.  1-bandda '‘sportning olimpiya turlari” so‘zlaridan keyin “'Kurash” milliy sport turi” so‘zlari qo‘shildi;
2.  2 va 3-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinadi:
“2. Respublika (1-o‘rin) va xalqaro tanlovlar va musobaqalarning (Olimpiya o‘yinlarida, Osiyo o‘yinlarida, jahon chempionatida va Osiyo chempionatida 1-3-o‘rinlar) individual turlarida g‘olib chiqqan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta'lim maktablarining bitiruvchilari oliy ta'lim muassasasiga test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilinadilar.
3.  Respublika (1-o‘rin) va xalqaro tanlovlar va musobaqalarning (Olimpiya o‘yinlarida, Osiyo o‘yinlarida, jahon chempionatida va Osiyo chempionatida 1-3-o‘rinlar) jamoa turlari g‘oliblari o‘z komandalari tarkibidan - akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta'lim maktablari bitiruvchilaridan oliy ta'lim muassasasiga test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilish uchun uch nomzodni belgilaydilar”.

Mavzuga oid
Top