Olimlar uydagi Wi-Fi signallarini kuchaytirish usulini topishdi
AQShning Dartmut kollejining bir guruh tadqiqotchilari bir necha xonalardan iborat inshootlarda Wi-Fi signallarini qanday boshqarish usulini topishdi, deb xabar qilmoqda TechXplore.
Olimlarning qayd etishlaricha, hozirda muammoni Wi-Fi antennasini yo‘naltirish bilan hal qilish mumkin. Biroq bu kabi qurilmalar ancha qimmat va foydalanishda murakkab. Shu boisdan ham olimlar uy sharoitida yasash mumkin bo‘lgan qurilma ustida bosh qotirishdi.
Tadqiqot haqidagi maqolada yozilishicha, signalni bir tomonlama kuchaytirish uchun alyuminiy plastinani antennaning ikkinchi tomoniga joylash lozim bo‘ladi. Buning uchun masalan gazlangan ichimlikning alyuminiy idishi qo‘l keladi.
Olimlar shunday reflektor (qaytargich)ni modellashtirish uchun kompyuter algoritmini yozishdi. U inshoot hajmi, Wi-Fi ulanish nuqtalari va signal yo‘nalishlarini aniqlab olish imkonini beradi. Ushbu sozlamalar asosida texnologiya yarim soat ichida reflektor uchun optimal shaklni hisoblab chiqadi. Shundan so‘ng, uni 3D-printerda chop etish mumkin bo‘ladi.
"Simsiz qaytargich foydalanuvchi sozlamalari asosida chop etiladi va 35 dollarga tushadi. Shu bilan qurilma 1000 dollarlik antennani bozordan siqib chiqarishi mumkin", — deydi Dartmut kolleji dotsenti Sya Chju.
Qaytargich texnologiyasi signalni keraksiz joylarda 10 detsibelgacha pasaytirish mumkinligini isbotladi. Bundan tashqari kerakli joydagi signal kuchi 6 detsibelgacha kuchayadi. Shu bilan birga, u signalni tarqatishni kamaytiradi va buzib kirishning oldini oladi.
Mavzuga oid
22:37 / 13.07.2023
Yorug‘likka asoslangan Li-Fi standarti qabul qilindi
16:39 / 22.07.2022
Toshkent aeroportida bepul va yuqori tezlikdagi Wi-Fi ishga tushirildi
16:56 / 02.03.2020
Hindistonda yo‘lovchilarning samolyotda Wi-Fi’dan foydalanishiga ruxsat berildi
23:18 / 17.02.2020