O‘zbekiston Respublikasi prezidenti 2017 yil 1 noyabr kuni «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba'zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlar tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida,, 2017 yil 31 iyuldagi PQ-3166-sonli qaroriga muvofiq:

1.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2009 yil 1 dekabrdagi PQ-1236-sonli qaroriga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritildi.

2.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.

3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari J.Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi A.Ahmadxo‘jayev zimmasiga yuklandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2009 yil 1 dekabrdagi PQ-1236-sonli qaroriga kiritiladigan o‘zgartirishlar: 

a) 1-bandining ikkinchi xatboshidagi «Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida tuzilgan kontraktlar va shartnomalarni» so‘zlari chiqarib tashlandi;
b) 3-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi;
v) 1-ilovaning:
2-bandi uchinchi xatboshidagi «Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida tuzilgan kontraktlar va shartnomalarni» so‘zlari chiqarib tashlandi;
«a»-kichik bandining uchinchi xatboshi, 7-bandning «b»-kichik bandi to‘rtinchi, beshinchi va sakkizinchi xatboshilari chiqarib tashlandi;
18-bandidagi «Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi doirasida tuzilgan shartnomalar (eksport-import kontraktlari)» so‘zlari chiqarib tashlandi;
19-bandidagi «hamda Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi doirasida tuzilgan shartnomalarni bajarish» so‘zlari chiqarib tashlandi.