23:09 / 08.11.2017
8444

Rossiya va Qirg‘iziston prezidentlari ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qilishdi

Foto: RIA Novosti / Sergey Guneyev

Rossiya va Qirg‘iziston prezidentlari Vladimir Putin va Almazbek Atamboyev telefon orqali muloqotda ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qilishdi, deb xabar bermoqda Kreml matbuot-xizmati. 

“Vladimir Putinning Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev bilan telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi. Ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilingan”, deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 15 oktabrda Qirg‘izistonda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Saylovlar natijalariga ko‘ra mamlakatning sobiq bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov 54,7 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. Yangi prezidentning inauguratsiyasi 24 noyabrga belgilangan.

Top