Saudiya hukumati qo‘lga olingan shahzodalarning 800 mlrd dollar mablag‘ini musodara qiladi

Foto: © RIA Novosti
Saudiya Arabistoni hukumati korrupsiyada ayblanib, qo‘lga olingan shahzodalardan jami 800 milliard dollarlik aktivlarni musodara qilmoqchi. Bu haqda Wall Street Journal nashri xabar tarqatgan.
Qayd etilishicha, korrupsiyaga qarshi kampaniya doirasida qirol Salmon ibn Abdulaziz farmoni bilan qirollik xonadoni a'zolaridan tashqari, vazirlar, yirik amaldorlar va bir qancha nufuzli biznesmenlar qo‘lga olindi. Ayni vaqtga kelib poraxo‘rlikda ayblanayotganlar soni 60 nafarga yetdi. Ulardan ayrimlarining bank hisoblari muzlatilgan.
Gazeta manbasining qayd etishicha, gumonlanuvchilarning aktivlarining aksar qismi mamlakat tashqarisida, shu tufayli bu aktivlarni qaytarish qiyin bo‘ladi.
Bundan avvalroq, qirollik xonadonining 30 nafarga yaqin a'zosi va boshqa qo‘lga olinganlar 5 noyabr kuni Ar-Riyoddagi besh yulduzli mehmonxonaga joylashtirilgani ma'lum qilingandi. Qo‘lga olinganlar orasida dunyoning eng badavlat kishilaridan biri — biznesmen va Citigroup hammuassisi shahzoda al-Volid ibn Talal ham bor.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Parij ko‘chalaridan biriga Samarqand nomi berildi
O‘zbekiston | 17:56
-
O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi AQShdagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi
O‘zbekiston | 17:39
-
Rossiya koloniyalaridagi xorijliklarning 70 foizi Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari
Jahon | 17:31
-
Rossiyada qiyin ahvolga tushib qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 17:20
Mavzuga oid

10:33 / 11.03.2025
Zelenskiy Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi

16:37 / 10.03.2025
CNN: AQSh Saudiya Arabistonida nafaqat Ukraina, balki Rossiya bilan ham alohida muzokaralar o‘tkazadi

19:00 / 07.03.2025
Bayramlar uchun ajoyib sovg‘a - bu abadiy esda qoladigan sayohat!

21:44 / 04.03.2025