AQSh prezidenti Donald Tramp dunyoda tinchlik o‘rnatish uchun kuch ishlatishga tayyor ekanini ma'lum qildi. U bu haqda Janubiy Koreya parlamentidagi chiqishi vaqtida aytib o‘tgan.
«Men kuch orqali tinchlikka erishishni istayman», — degan Tramp AQShning harbiy imkoniyatlarini yuqori baholab.
«AQSh va mening ma'muriyatim o‘z qurolli kuchlarini qaytadan quradi», — deya qo‘shimcha qilgan prezident.
Bundan avvalroq Tramp KXDRga qarshi yadro quroli qo‘llashdan qaytmasligini ma'lum qilgandi.











